Enter Engineering xodimlari ish haqi kechikayotganidan shikoyat qilmoqda, Olmaliqdagi 3-MBF ishchilari uch oydan beri maosh olmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniya vaziyatga izoh berib, fevral oyi uchun maosh to‘laganini, ish haqi buyurtmachi oldida bajarilgan ishning natijasiga bog‘liq ekanini ma’lum qildi.
Buxoroda turistik markaz qurish uchun shahar hokimligi va san’at maktabi binolarini buzishga kirishildi. Maktab-internat o‘quvchilari sharoiti bo‘lmagan sobiq paxta zavodi yotoqxonasiga vaqtincha ko‘chirildi. Motamsaro ona haykalini Kogonga ko‘chirishga qaror qilishdi.
Buxoro markazida sayyohlik markazini qurish rejalashtirilmoqda. Buyurtmachi sifatida Enter Engineering kompaniyasi tanlandi. 32,6 ga maydonda majmuani barpo etish uchun hokimlik, prokuratura binolari, stadion va boshqalar buzilishi mumkin. Aholi prezidentga murojaat bilan chiqdi.
Milliy bog‘da Qonunchilik palatasi binosi yonidagi ko‘l quritilib, uning o‘rniga Milliy akademik drama teatrining yangi binosi qurilmoqda. Bunga qadar ko‘ldagi orolchada tomosha minorasi bo‘lgan Light House restoran majmuasini barpo etish mo‘ljallanayotgan edi. «Gazeta.uz» qurilish joyiga borib, vaziyatni o‘rgandi.
Enter Engineering va «Uralmashzavod» kompaniyalari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2 mlrd dollar qiymatga ega boyituvchi kombinat qurishadi. Oldinroq ushbu loyiha SFI Management Group nazoratidagi Renaissance Heavy Industries tomonidan amalga oshirilishi kerak edi, biroq fevral oyida ular loyihadan chiqarib tashlandi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qariyb 900 nafar bangladeshlikka O‘zbekistonda ishlash uchun ruxsat berilmaganini aytdi. Uzbekistan GTL va ENTER Engineering ishlash huquqi uchun tasdiqnomani olish yuzasidan murojaat qilmagan. Mazkur holatga Qonunchilik palatasi deputati munosabat bildirib, «O‘zimiznikilarning rizqini qirqishi qanchalik to‘g‘ri bo‘larkin?» — dedi.
Qashqadaryoda qurilayotgan Uzneftegaz GTL zavodi ishchilari 21 oktyabr kuni norozilik uyushtirib, qurilish kompaniyalari mol-mulkini talon-toroj qilishgandi. Viloyat IIB tomonidan tergov o‘tkazilib, yetkazilgan zarar o‘rganildi va noroziliklar ishtirokchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qashqadaryodagi GTL zavodi qurilayotgan joyda ENTER Engineering ishchilari norozilik bildirishdi. Derazalarga tosh otilib, binolardan birida «pogrom» uyushtirildi. Kompaniya ommaviy norozilik oshxonaga kirish joyida texnik nosozliklar tufayli kelib chiqqanini ma’lum qildi. Avvalroq xodimlar ish haqining o‘z vaqtida berilmasligidan shikoyat qilishgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting